» » Xorazmda ov qurollari va o‘q-dorilarni sotayotgan shaxs qo‘lga olindi

Xorazmda ov qurollari va o‘q-dorilarni sotayotgan shaxs qo‘lga olindi


Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida yashovchi Maqsudbek Jabborov (ism-sharifi o‘zgartirilgan) bir necha kun davomida tanish-bilishlariga o‘zida 2 ov quroli va o‘q-dorilar borligi, shularni xaridori chiqib qolsa, sotmoqchi ekani to‘g‘risida gapirib yurdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Ayrim do‘stlari unga mamlakatda qurol-yarog‘ sotish va sotib olish qonuniy tartibga solinganini, uni har qanday shaxsga sotish mumkin emasligi, buning uchun jinoiy javobgarlik belgilanganini  tushuntirishga harakat qildi. Ammo nafs qutqusi 25 yoshli yigitni qonunni buzishga undadi.

U uyidagi ov qurollari va o‘q-dorilarni 650 ming so‘mga sotayotganida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 248-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2018, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют