» » Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasida ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam ko‘rsatadi

Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasida ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam ko‘rsatadi


9-mart kuni Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasida “Kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam” dasturi doirasida grant shartnomalari imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda elchixona xodimlari “Daryo”ga xabar berdi.

Shartnoma imzolash marosimida Yaponiya elchisi Nobuaki Ito ishtirok etdi.

1995-yildan boshlab ushbu dastur doirasida O‘zbekistonda tibbiyot va ta’lim muassasalari, mahalliy hokimiyat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari  tomonidan jami 26 595 588 AQSh dollarilik 371 ta loyiha amalga oshirildi.

Bugun ham O‘zbekistondagi tibbiyot va ta’lim muassasalari bilan jami 687 141 AQSh dollarilik 12 ta shartnoma imzolandi.

Xususan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali Yaponiya elchixonasi granti asosida 110 607 dollarlik tibbiyot uskunalari bilan ta’minlanadi.

Samarqand viloyati Jomboy tumani 9-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi esa grant asosida 33 723 dollarlik uskunalarga ega bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют