» » O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat banki Tojikistonning “Amonatbonk” banki bilan qator hamkorlik hujjatlarini imzoladi

O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat banki Tojikistonning “Amonatbonk” banki bilan qator hamkorlik hujjatlarini imzoladi


Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi doirasida O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Tojikistonning “Amonatbonk” davlat omonat banki o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga doir hujjatlar imzolandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Xususan, hamkorlikni mustahkamlash va banklararo hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish maqsadida “Vakillik munosabatlarini o‘rnatish bo‘yicha banklararo shartnoma” imzolandi. Shuningdek, O‘zbekistondan Tojikistonga tovar va xizmat eksporti bilan bog‘liq bitimlarni moliyalashtirishni nazarda tutuvchi “Savdoni moliyalashtirish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv” tuzildi.

Bu hujjatlar doirasida taqdim etilayotgan kredit liniyasi doirasida O‘zbekistondan to‘qimachilik, qurilish materiallari, oziq-ovqat, maishiy kimyo mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika, avtomobilsozlik, kimyo va boshqa sohalarda yo‘nalish tovarlar va xizmatlar eksportini ko‘paytirish maqsadida savdoni moliyalashtirish loyihalarini amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют