» » Toshkentda — Tashkent City, Farg‘onada — Fergana City (foto va video)

Toshkentda — Tashkent City, Farg‘onada — Fergana City (foto va video)


Farg‘onada xalqaro ishbilarmonlik markazi — Fergana City bunyod etiladi. Sitining qurilishiga janubiy koreyalik investorlarni ham jalb etish rejalashtirilgan, deya xabar bermoqda “O‘zbekiston 24” telekanali.

Telekanal reportajida vodiyda qurilajak Siti haqida batafsil axborot berilmagan, biroq namoyish etilgan lavhada markaz hududida osmono‘par binolar, 300 o‘rinli zamonaviy maktab qurilishi rejalashtirilayotgani ko‘rish mumkin.

Loyiha aynan qachon ro‘yobga chiqarilishi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.

Ma’lumot uchun, ayni vaqtda poytaxt Toshkent markazida Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi qurilishi davom etmoqda. 2021-yilga qadar hududda 40 qavatli osmono‘par inshootlar paydo bo‘lishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют