» » Florida gubernatori o‘qituvchilarga maktabda qurol ko‘tarib yurishga ruxsat berdi

Florida gubernatori o‘qituvchilarga maktabda qurol ko‘tarib yurishga ruxsat berdi


Amerikaning Florida shtati gubernatori Rik Skott o‘qituvchilarga ta’lim muassasasida to‘pponcha ko‘tarib yurishga ruxsat beruvchi qonunga imzo chekdi. Bu haqda CBS’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Ko‘rilayotgan bu kabi chora-tadbirlar maktablarda sodir bo‘ladigan otishmalarning oldini olishga xizmat qilishi kerak.

Shu bilan birga qonunga ko‘ra, ayrim turdagi qurollarni sotib olishdagi yosh cheklovi 18 dan 21 yoshga qadar uzaytirildi.

Eslatib o‘tamiz, 14-fevral kuni Floridada Nikolas Kruz ismli maktabning sobiq o‘quvchisi ta’lim muassasasida otishma uyushtirib, 17 kishining umriga zomin bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют