» » Toshkent viloyati hududidagi kuzatuv kameralari 3 hafta ichida 23 mingdan ortiq qoidabuzarlikni qayd etdi

Toshkent viloyati hududidagi kuzatuv kameralari 3 hafta ichida 23 mingdan ortiq qoidabuzarlikni qayd etdi


20-yanvardan boshlab “Olmaota—Bishkek—Toshkent—Termiz” avtomobil yo‘lida foto va video qayd etish sinov tariqasida ishlab kelayotgan edi. 16-fevral kunidan boshlab ishga tushgan kameralar 7-martga qadar ushbu yo‘lda 23 000 dan ortiq qoidabuzarlikni aniqladi. Bu haqda “Daryo”ga Toshkent viloyati IBB YHXB xabar berdi.

Ushbu ko‘rsatkich hududlar (viloyatlar) kesimida tahlil etilganda, Toshkent shahrida — 8205 ta, Toshkent viloyatida — 4896 ta, Sirdaryo viloyatida — 1684 ta, Jizzaxda — 1709 ta, Samarqandda — 2395 ta, Farg‘onada — 202 ta, Namanganda — 138 ta, Andijonda — 165, Qashqadaryoda — 1825 ta, Surxondaryoda — 855 ta, Buxoroda — 545 ta, Navoiyda — 330 ta, Xorazmda — 225 ta va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 245 tadan belgilangan tezlikni oshirish qoidabuzarliklari sodir etilgan.

Bundan tashqari ushbu tezlikni meyoridan oshirib, boshqarish qoidalariga bo‘ysunmasdan muntazam ravishda takroran qoidabuzarlik qilgan avtomobillar ro‘yxati tuzildi. Ro‘yxatga Toshkent viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan Cobalt avtomobili yetakchilik qilmoqda. U 9 marotaba tezlikni belgilangan me’yoridan oshirgan. Jarimalarining umumiy qiymati esa 4 650 480  so‘mga teng. Shuningdek, Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan Nexia rusumidagi avtomobil 7 marotaba tezlikni oshirgan bo‘lib, uning jarimalari qiymati jami 4 994 960 so‘mni tashkil etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2018, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют