» » Hi-Tech City bunyod etiladigan joy ma’lum bo‘ldi

Hi-Tech City bunyod etiladigan joy ma’lum bo‘ldi


O‘zbekiston hukumati Hi-Tech City Xalqaro yuqori texnologiyali innovatsion markaz quriladigan maydonni belgilab berdi. Vazirlar Mahkamasining 5-martdagi qaroriga muvofiq, markaz Amir Temur, Kichik halqa yo‘li, Sandiqqo‘rg‘on va Iftixor ko‘chalari o‘rtasidagi hududda joylashadi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.

Ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadida tashkil etilayotgan mavze Toshkent axborot texnologiyalari universiteti yaqinida joylashib, Xalqaro biznes markaz va “O‘zekspomarkaz” maydonini o‘z ichiga oladi.

Mart oyi davomida bo‘lg‘usi markaz joylashtiriladigan hududdagi buzilishi lozim bo‘lgan turar joylar va inshootlar bu yerda haqiqatdan ham yashayotgan oilalar ro‘yxati shakllantirilgan holda inventarizatsiyadan o‘tkaziladi. Ularga yangi yer uchastkalari ajratilishi lozim.

Avvalroq Hi-Tech City qurilishi uchun to‘rtta variant taklif etilgani xabar qilingan edi. Janubiy Koreyaning POSCO Daewoo kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshirilayotgan loyiha qiymati 1,4 milliard dollarni tashkil etadi.

Ayni paytda O‘zbekiston poytaxtida qiymati 1 milliard dollarga teng Tashkent City Xalqaro ishbilarmonlik markazi ham qurilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют