» » Pentagon Rossiyani suvosti kemalari yordamida yo‘q qilishga qodirligini bildirdi

Pentagon Rossiyani suvosti kemalari yordamida yo‘q qilishga qodirligini bildirdi


AQSh Rossiyaning har qanday hujumiga javob qaytarishga qodir. Bu haqda mamlakat qurolli kuchlari strategik qo‘mondonligi raisi Jon Xayten ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Amerikalik general prezident Vladimir Putinning Rossiya parlamentiga murojaatnomasi chog‘ida yangi qurollar haqida bergan axborotiga shu tariqa izoh berdi.

“Biz barcha mavjud tahdidlarga tayyormiz. Bunga hech kim shubha qilmasligi kerak”, — dedi Xayten.

Xaytenga ko‘ra, Moskva AQShga yalpi hujumdan boshqa Vashington javob qaytara olmaydigan hech narsa qilolmaydi.

“Ular suvosti kemalarimiz qayerda ekanligini bilmaydi. Bu kemalar esa, shunga qaror qilgan taqdirimizda, mamlakatlarini yo‘q qilishga qodir”, — ta’kidladi general.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2018, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют