» » Xorvatiyalik Branko Ivankovich Ozbekiston milliy termasi bosh murabbiyi bolishni istamagani haqida aytdi

Xorvatiyalik Branko Ivankovich Ozbekiston milliy termasi bosh murabbiyi bolishni istamagani haqida aytdi


Eronning Persepolis klubida faoliyat olib borayotgan xorvatiyalik mutaxassis Branko Ivankovich oziga Ozbekiston milliy termasidan taklif bolgani haqida aytib berdi. Bu haqda fors nashrlariga asoslanib Championat.asia nashri malumot berdi.

Hozir Ozbekiston terma jamoasida bosh murabbiy yoqligini bilaman. Mamlakat futbol federatsiyasi menga taklif bilan chiqqandi. Lekin uni rad etdim. Chunki bor etiborimni Persepolis ishtirokidagi oyinlarga qaratganman.

Branko Ivankovich, Persepolis bosh murabbiyi

Ayni vaqtda Tehron klubi Eron chempionatida taqibchilarini katta farq bilan ortda qoldirib, peshqadam bolib turibdi. Uning chempion bolishiga hech kim shubha qilmaydi. Mazkur klub Chempionlar Ligasining bu mavsumida Nasaf bilan bir guruhdan joy olgan. Tomonlarning Ozodi stadionida kechgan ozaro oyinida Roziqul Berdiyev shogirdlari 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Qayd etish kerak, Berdiyev Ozbekiston milliy termasining songgi oyinida jamoani Amirliklarga qarshi oyinga olib chiqqandi.

Branko Ivankovich bunga qadar Eron milliy terma jamoasida ham faoliyat olib borgandi. 64 yoshli mutaxassis, shuningdek, Xorvatiya termasida yordamchi bolib ishlagan. Germaniyaning Gannover, Xitoyning Shandong Lunen, Saudiyaning Al-Ittifoq, Amirliklarning Al-Vahda klublarini ham boshqargan.

Ayni paytda Ozbekiston milliy termasi vaqtinchalik Timur Kapadzega topshirilgan. OFA rahbariyati bosh murabbiy masalasi uzil-kesil JCh2018 dan keyin hal bolishi haqida aytib otgandi. Katta ehtimol bilan Ozbekiston milliy termasining bolajak bosh murabbiyi oz jamoasini Rossiya mundialga tayyorlamoqda.

Branko Ivankovich boshqarayotgan Persepolis 2-aprel kuni Qarshida Nasafga qarshi takroriy oyinda ishtirok etadi.



Manba: Daryo.uz
: admin (10-03-2018, 17:43)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 30) ( 0) ( 27) ( 3)
:
-
:
20 ... -