» » Afg‘onistonda jangarilarning postga hujumi oqibatida 20 dan ziyod xavfsizlik xodimi halok bo‘ldi

Afg‘onistonda jangarilarning postga hujumi oqibatida 20 dan ziyod xavfsizlik xodimi halok bo‘ldi


Afg‘oniston g‘arbidagi Farah viloyatida jangarilar tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida afg‘on xavfsizlik kuchlarining 20 dan ziyod xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Viloyat kengashi rahbari Farid Baxtovarning so‘zlariga ko‘ra, jangarilar Balabuluk tumanidagi xavfsizlik kuchlari postiga hujum qilgan. Hodisa oqibatida 18 nafar huquq-tartibot xodimi halok bo‘lgan, uch nafari o‘g‘irlab ketilgan.

Viloyat ma’muriy markazi — Farah shahrida radikal kayfiyatdagi “Tolibon” harakati jangarilari tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida yana olti nafar xavfsizlik xodimi halok bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2018, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют