Lionel Messisiz o‘ynagan “Barselona” hamda “Real”ni ta’qib qilib kelayotgan “Valensiya”da g‘alaba. Bugun “Atletiko” o‘ynaydi
Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 28-turiga kelib ham “Barselona”ni mag‘lub etadigan jamoa topilmadi.
Uchinchi farzandining dunyoga kelishi sabab Lionel Messi Malagaga tashrif buyura olmadi. Shunga qaramay, kataloniyalik futbolchilar 3 ochko olishning uddasidan chiqdi. Luis Suares hamda Filippe Koutinyo tomonidan kiritilgan gollar Valverde jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Turning markaziy o‘yini “Xuan Sanches Pisxuan” stadionida kechib, “Valensiya” maydon egasi “Sevilya”ni ishonchli hisobda taslim qildi — 2:0. Shu tariqa valensiyaliklarning “Real” bilan ochkolari farqi 1 taligicha saqlanib qoldi.
Ispaniya La Ligasi
28-tur bellashuvlari
10-mart, shanba
Gollar: Rodrigo, 25 (0:1). Rodrigo, 68 (0:2).
Gol: Koke, 79 (0:1)
Gollar: Luis Suares, 15 (0:1). Filippe Koutinyo, 28 (0:2).
Chetlatish: Samu Garsiya, 30 (M).
11-mart, yakshanba
“Espanyol” — “Real Sosyedad” 16:00
“Atletiko” — “Selta” 20:15
“Las-Palmas” — “Vilyarreal” 22:30 Futbol-TV
“Atletik” — “Leganes” 00:45
12-mart, dushanba
“Alaves” — “Betis” 01:00
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
