» » Oltin qo‘llar: amerikalik ixtirochi 3D-printerda noyob protezlar yaratishni o‘ylab topdi

Oltin qo‘llar: amerikalik ixtirochi 3D-printerda noyob protezlar yaratishni o‘ylab topdi


Amerikalik 22 yoshli ixtirochi kuchli korporatsiyalar bilan hamkorlikda ajoyib protezlarni yaratmoqda, deb yozadi Forbes.

Iston LaShapel o‘zining birinchi robotlashtirilgan protezini 14 yoshida yaratgan, sakkiz yildan so‘ng esa zamonaviy texnologik protezlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Unlimited Tomorrow kompaniyasiga asos soldi.

Bugun uning kompaniyasi Microsoft, Dassault Systemes va Stratasys kabi sanoat va texnologik gigantlar bilan hamkorlik qilmoqda va ishlab chiqarishni kengaytirmoqda. Unlimited Tomorrow kompaniyasining maqsadi 3D-printerlar yordamida bugungi kunda bozorlarda mavjud protezlardan ancha arzon va inson ehtiyojlariga ideal darajada mos tushuvchi robotlashtirilgan protezlarni yaratishdan iborat.

Bu shunchaki protez emas. Stratasys kompaniyasining 3D-printerlarida qo‘llanuvchi PolyJet texnologiyasi Unlimited Tomorrow’ga inson terisi rangini beruvchi robotlashtirilgan qo‘llarni yaratish imkonini beradi. Bu qo‘llarda manikyur qilish mumkin bo‘lgan magnitli “tirnoqlar” ham mavjud. Bunday qo‘llarni masofadan turib quvvatlash ehtimoli ham mavjud.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют