» » Xitoyda uzunligi 400 metrdan ortiq bo‘lgan yuqori tezlikdagi poyezdning ilk sinovlari o‘tkazildi

Xitoyda uzunligi 400 metrdan ortiq bo‘lgan yuqori tezlikdagi poyezdning ilk sinovlari o‘tkazildi


Pekinda tarkibi umumiy uzunligi 415 metr bo‘lgan 16 ta vagondan iborat yuqori tezlikdagi Fuxing poyezdining ilk sinovlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda ishlab chiqaruvchi — CRRC Tangshan kompaniyasi vakillari ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.

Yangi poyezdning tezligi soatiga 315 kilometrdan iborat, uzunligi esa hozirgi temir yo‘l poyezdlaridan ikki barobar ko‘p. Poyezd 1,1 mingdan oshiq yo‘lovchiga mo‘ljallangan.

Ishlab chiqaruvchi jami 28 ta sinov rejalashtirilgani, shundan so‘ng mazkur poyezdlarni loyihalashtirish va tayyorlashga ruxsat olinishini bildirdi.

Poyezd to‘liq Xitoyda ishlab chiqarilgan bo‘lib, uzoq muddat va ishonchli xizmat qilishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2018, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют