» » Xitoyda soatiga 350 km tezlikda harakatlanadigan 400 metrlik poyezd ilk bor sinovdan o‘tkazildi

Xitoyda soatiga 350 km tezlikda harakatlanadigan 400 metrlik poyezd ilk bor sinovdan o‘tkazildi


Xitoyning CRRC Tangshan Co. kompaniyasi muhandislari bir vaqtning o‘zida 1100 yo‘lovchini soatiga 350 kilometrlik tezlikda tashiy oladigan “Fusin” (Fuxing) tezyurar poyezdini ilk bor sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Sinovdan o‘tkazilgan poyezd 16 vagondan iborat bo‘lib, umumiy uzunligi 415 metrga teng — bu hozirgi vaqtda Xitoy temir yo‘llari bo‘ylab harakatlanayotgan amaldagi “Fusin” poyezdlaridan salkam ikki barobar uzun.

Ommaviy ishlab chiqarishga kirishilishi oldidan bu poyezd hali yana bir necha sinovlardan o‘tishi lozim. Sinovlar qachon yakuniga yetib, yangi poyezdlar qachon yo‘lovchi tashishga kirishishi hozircha noma’lum. Qayd etish joiz, bu poyezd to‘liq Xitoyda loyihalashtirilgan va qurilgan.

O‘tgan yilning avgustidan boshlab “Pekin—Shanxay” temiryo‘l bo‘lagi bo‘ylab soatiga 350 kilometr tezlikda harakatlanadigan “Fusin” poyezdlari qatnay boshlagandi. U yo‘lovchilarni 4 soat 28 daqiqada manzilga yetkazadi — bu avvalgi tezyurar poyezdlarning ko‘rsatkichidan bir yarim soatga tez.

Xitoydagi barcha tezyurar poyezdlar soatiga 350 kilometrda harakatlana oladi, biroq mamlakat hukumati yetti yil avval poyezdlar harakat tezligini soatiga 300 kilometr bilan cheklash to‘g‘risida qaror chiqargan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют