» » O‘zbekiston Rog‘un GESi qurilishida ishtirok etishga tayyorligi bildirildi

O‘zbekiston Rog‘un GESi qurilishida ishtirok etishga tayyorligi bildirildi


O‘zbekiston Tojikistonda barpo etilayotgan Rog‘un GESi qurilishida ishtirok etishga tayyor. Bu ikki davlat rahbari imzolagan Do‘stlik va ahil qo‘shnichilikni mustahkamlash to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotda o‘z aksini topdi.

“Tomonlar suv resurslaridan oqilona va adolatli foydalanish sohasida mintaqaviy sheriklikni rivojlantirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini bildirdilar hamda Markaziy Osiyo uchun suv-energetika muammolarini hal etishda mavjud va barpo etilayotgan gidroenergetik inshootlar muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladilar.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston tomoni Tojikiston Respublikasida gidrotexnik inshootlar, shu jumladan, Rog‘un gidroelektr stansiyasining qurilishida umum’tirof etilgan xalqaro normalar va mazkur obyektlarni qurish bo‘yicha standartlarga rioya qilinishini hisobga olgan holda ishtirok etish imkoniyatini har tomonlama ko‘rib chiqishga tayyor ekanligini bildirdi”, — deyiladi hujjatda.

Tomonlar Toshkentda Markaziy Osiyo xalqaro ekologik forumi (2018-yil, 5—8-iyun) va Dushanbeda “Suv barqaror rivojlanish uchun” xalqaro harakatlar 10 yilligi bo‘yicha oliy darajadagi xalqaro konferensiya (2018-yil, 20—22-iyun) o‘tkazilishini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, Italiyaning Salini Impregilo kompaniyasi rahbari Piyetro Salini Tojikiston rahbari Emomali Rahmonga Rog‘un GESining birinchi agregati 2018-yilning 16-noyabr kuni foydalanishga  topshirilishini va’da qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 06:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют