» » Toshkent shahar hokimligi “Toshkent agro zaxira xizmat” DUK bilan birga qishloq xo‘jaligi va chorvachilikka investitsiya qiling

Toshkent shahar hokimligi “Toshkent agro zaxira xizmat” DUK bilan birga qishloq xo‘jaligi va chorvachilikka investitsiya qiling


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 927-son qaroriga muvofiq Toshkent shahar hokimligi muassisligida “Toshkent agro zaxira xizmat” davlat unitar korxonasi tashkil etilib, tasarruf uchun Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidan 30 ming gektar yer maydoni ajratildi.

Korxona Toshkent shahar aholisiga, jumladan, aholi yashash mavzelariga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va chorvachilik mahsulotlarini o‘z vaqtida yetkazib berilishi va sotilishini ta’minlaydi, ichki iste’mol bozorida mahsulotlar narxlarini barqarorlashtirib boradi.

Agrosanoat sohasidagi tashkilotlar, dehqon va fermer xo‘jaliklaridan tayyor mahsulotlarni sotib olish, saqlash, qayta ishlash, konservatsiya qilish, qadoqlash va sotish vazifalarini bajaradi.

Korxona o‘zi yetishtirgan mahsulotlarni qayta ishlaydigan tashkilotlar faoliyatini yo‘lga qo‘yib, qayta ishlangan mahsulotlarni shahar aholisiga maqbul narxlarda uyushgan savdosini tashkil etadi.

Bu vazifalarni amalga oshirish uchun korxona tomonidan yuqori texnologiyali energiyani tejovchi issiqxonalar, muzlatgich va sovitgichlar, katta hajmdagi omborlar qurish, logistika markazlari, innavatsion avtomatlashtirilgan fermalar, chet ellardan zotdor yirik shoxli va mayda qora mollarni olib kelib ko‘paytirish, baliqchilik, asalarichilik, yilqichilik, quyonchilik fermalari, parrandachilik mahsulotlarini yetishtirish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari, qadoqlash, mahsulotlarga har xil qoplar, karton qutilar, plastmass idishlar va boshqalarni ishlab chiqarishni va boshqa qishloq xo‘jaligiga oid sohalarni tashkil qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Toshkent shahar hokimligi barcha tadbirkorlarni, investorlarni mazkur sohalardagi mavjud innavatsion biznes loyhalari bilan Toshkent shahar hokimligi “Toshkent agro zaxira xizmat” DUKning bosh rejasida ishtirok etishga taklif etadi.

Korxona manzili: Toshkent shahri Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 3.

Telefon: +998 (90) 320-51-44, +998 (71) 233-52-52,

Elektron manzil: tashagroxizmat@mail.ru

Reklama huquqi asosida!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 21) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют