» » Toshkent davlat agrar universitetida mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

Toshkent davlat agrar universitetida mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi


Toshkent davlat agrar universitetida bitiruvchilar uchun “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi O‘zA.

Yarmarka O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari axborot-tahlil departamenti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi qishloq xo‘jaligi tizimidagi tashkilotlarning takliflari asosida tashkil etildi.

Qayd etilishicha, universitetni bu yilda bakalavriat ta’lim yo‘nalishida 1354 nafar, magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 97 nafar bitiruvchi tamomlamoqda.

Universitetda tahsilni yakunlayotgan bitiruvchilarning o‘z viloyatida ish boshlashi uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Ular mutaxassisligi bo‘yicha tashkilotlar bilan shartnoma tuzdi.

Mehnat yarmarkasi ikki qismda o‘tkazildi. Birinchi bosqichda vazirlik, idora, uyushma, qo‘mita, korxona, tashkilot, muassasalar, banklar va fermer xo‘jaliklarining mutaxassislari va bitiruvchilar ishtirokida mehnat yarmarkasi bo‘ldi. Ikkinchi qismda bitiruvchilar viloyatlarga bo‘lingan holda boshqarmalar tarkibiga kiruvchi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют