» » Xabarovskda avtomobilchilar mashinalardan Putin portretining yarmini hosil qildi

Xabarovskda avtomobilchilar mashinalardan Putin portretining yarmini hosil qildi


Xabarovskda Rossiyaning amaldagi prezidenti portretini yaratish bo‘yicha fleshmobda 250 ga yaqin avtomobil ishtirok etdi, deb yozadi TJournal.

Tasvir ko‘z bilan chamalash va ruletka yordamida belgilar qo‘yib chiqish orqali yaratildi, natija drondan tasvirga olish orqali qayd etildi.

Aksiya tashkilotchilarining so‘zlariga qaraganda, uning bo‘lajak saylovlarga aloqasi yo‘q.

“Anchadan buyon murakkab kompozitsiya, jumladan, inson portretini yaratishni istardik. Tanlash davomida bu prezidentning portreti bo‘lishiga qaror qildik. Fleshmob 11-mart kuni kechqurun bo‘lib o‘tdi, unda taxmin qilinganidan kamroq, 250 ga yaqin avtomobil ishtirok etdi. Shuning uchun portretning yarmini yaratishga qaror qildik”, — deydi fleshmob tashkilotchisi Vyacheslav Shempelev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 108) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют