» » O‘zbekistonning 23 shahar va tumanida hurmandmandlikni rivojlantirish markazlari tashkil etiladi

O‘zbekistonning 23 shahar va tumanida hurmandmandlikni rivojlantirish markazlari tashkil etiladi


Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan navbatdagi tadbir mamlakatda hunarmandlikni yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

“Hunarmand” uyushmasi hunarmandlarga qulayliklar yaratish borasida keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, 2017-yilning dekabr holatiga ko‘ra, uyushma a’zolari 10247 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda ular safiga yana 8 mingdan ortiq hunarmand qo‘shildi.

Hunarmandlik mahsulotlarini eksport qilish hajmini oshirish hamda ushbu sohada xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida joriy yilda dunyoning 20 dan ortiq davlatida 113 ko‘rgazma va yarmarka o‘tkazish choralari ko‘rilmoqda.

Bundan tashqari, uyushma ta’sischiligida Uz craft and art mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi. Kelgusida mazkur korxona tizimida mamlakat turistik ob’ektlari, diqqatga sazovor joylari, hududlardagi hunarmandlik markazlarida hamda bir qator bozorlarda amaliy va tasviriy san’at asarlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi do‘konlar ochiladi.

— Prezident farmoni asosida hunarmandlarga bir qator imtiyoz va preferensiyalar berildi, — deydi uyushma mas’ul xodimi D.Sattorov. — Unga ko‘ra, endi hunarmandlar soliq to‘lovidan ozod etilishi, mahsulotlarini ekport qilishdan tushgan xorijiy valyutani erkin tasarruf qilishi mumkin. Ularga yer maydonlari va binolar ajratish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, imtiyozli kreditlar berish, hunarmandlik mahsulotlarini sotish va eksport qilish borasida yaratilgan qulayliklar asriy an’nalar bardavomligini ta’minlashga xizmat qiladi. Mamlakatning 23 shahar va tumanida hurmandmandlikni rivojlantirish markazlarini tashkil etish, shu yo‘nalishda 3015 ta loyihani amalga oshirish galdagi rejalarimizdan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 112) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют