» » O‘zbekistonda taktik maxsus o‘quv mashqlari o‘tkazilib, 67 mingdan ortiq it quturishga qarshi emlandi

O‘zbekistonda taktik maxsus o‘quv mashqlari o‘tkazilib, 67 mingdan ortiq it quturishga qarshi emlandi


O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf qilish davlat tizimi (FVDT)ning 2018-yil uchun aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish bo‘yicha asosiy tadbirlari rejasiga muvofiq, joriy yilning fevral-martida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida quturish kasalligiga qarshi kurash bo‘yicha taktik maxsus o‘quv mashqlari o‘tkazildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Taktik maxsus o‘quv mashqlarini tayyorlash va o‘tkazish tadbirlarida jami shaxsiy tarkibdagi 2910 kishi, shuningdek, 177 ta avtomobil va maxsus texnika ishtirok etdi.

O‘quv mashqlari chog‘ida qariyb 67,5 mingta it quturishga qarshi emlandi. Bundan tashqari, 265 mingdan ortiq xo‘jalik ko‘zdan kechirildi, 150 dan ziyod o‘quv seminari o‘tkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют