» » 18—19-mart kunlari O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

18—19-mart kunlari O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi


2018-yil mart—aprel oylarida O‘zbekistonning barcha hududlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyligi hamda 18—19-mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. Bu haqda Hukumat farmoyishi qabul qilindi, deb xabar berdi Adliya vazirligining Telegram’dagi kanali.

Hashar munosabati bilan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarda mehnat qilayotgan xodimlarning bir kunlik ish haqi miqdoridagi mablag‘lari O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining bankdagi hisob raqamlariga ixtiyoriy ravishda o‘tkazilishi belgilandi.

Xayriya hasharidan tushgan mablag‘lar kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalarga, ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalarga, nogironligi bo‘lgan shaxslarga, yolg‘iz qariyalarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish kabi tadbirlarga sarflanishi nazarda tutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2018, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют