» » Givenchy modalar uyi asoschisi Yuber de Jivanshi vafot etdi

Givenchy modalar uyi asoschisi Yuber de Jivanshi vafot etdi


Givenchy modalar uyi asoschisi, fransiyalik modelyer Yuber de Jivanshi 91 yoshini nishonlagandan 17 kun o‘tib, 10-mart kuni uyqusida, jilmaygan holda vafot etdi, deb yozadi “MK.ru”.

Graf Yuber Jeyms Marsel Taffen de Jivanshi ishda ham, shaxsiy hayotda ham hech qachon olijanoblik chegarasidan chiqmagan. U o‘zining 90 yoshligida “ko‘plab baxtli yillarni boshdan kechirgan”ligini ma’lum qilgan edi.

Jivanshi 1927-yilning 21-fevralida dunyoga kelgan. Uni Odri Xepbern, Jaklin Kennedi, keyinroq Jeki Onassis ilhomlantirgan.

Bugun uning izdoshlari ko‘zga tashlanmaydigan hasham, shaxsiy kamtarlik, nazokatlilik va ketish mahorati kabi xislatlar u bilan birga jahon modasini tark etganligini ta’kidlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2018, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют