» » Sherzod Shermatov: Energetikani rivojlantirish sohasidagi innovatsion goyalarsiz, modernizatsiya boyicha rejalarni amalga oshirib bolmaydi

Sherzod Shermatov: Energetikani rivojlantirish sohasidagi innovatsion goyalarsiz, modernizatsiya boyicha rejalarni amalga oshirib bolmaydi


Energetikani rivojlantirish sohasidagi innovatsion goyalarsiz, mamlakat rahbariyati tomonidan belgilanayotgan modernizatsiya boyicha barcha rejalarni amalga oshirib bolmaydi, deb yozdi Innovatsion rivojlanish vaziri orinbosari Sherzod Shermatov Facebookdagi sahifasida.

U ilova qilgan, Xalqaro energetika agentligi (IEA) tomonidan taqdim etilgan grafikda aholi boshiga elektr energiyasi istemoli korsatkichi boyicha Ozbekiston koplab qoshnilaridan orqada ekanligi, shuningdek, u joriy daraja 1990-yilgi korsatkichdan ancha past bolgan kamdan-kam mamlakatlardan biri ekanligini korsatadi.

Aholi soni osishi surati saqlanib qolgan taqdirda va mutaxassislarning elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalarning ishga tushirilishi borasidagi dastlabki prognozlaridan kelib chiqib aytish mumkinki, hatto 2025-yilga kelib ham, biz 1990-yilgi korsatkich darajasiga ham yeta olmaymiz, deya qayd etdi vazir orinbosari.

Uning yozishicha, aynan ushbu korsatkich haqiqatda ozgartirilmas ekan, aqlli shaharlar, sanoatlashtirish, qulay investitsiyaviy iqlim yaratish, axborot jamiyati, hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish va ish orinlari yaratish haqidagi gaplarning barchasi quruq gap bolib qolishi mumkin.

Bizda yagona energetika vazirligi yoqligini hisobga olib, barcha manfaatdor bozor ishtirokchilari (Ozbekenergo, Ozgidroenergo, Energiya tejash milliy kompaniyasi) bilan olimlarni jalb etgan holda energetika tarmogini rivojlantirish boyicha real konsepsiyani birgalikda ishlab chiqishga tayyormiz Ushbu masalaga beparvo bolmagan ekspertlarning barchasini qoshma ishchi guruh faoliyatida qatnashishga taklif qilamiz, deb yozdi Sherzod Shermatov.



Manba: Daryo.uz
: admin (14-03-2018, 08:58)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
:
-
:
20 ... -