» » Sherzod Shermatov: Endi barcha tarmoqlar kursdagi farq tufayli tariflar asossiz tarzda oshib ketishi oldini olish uchun choralar korishi zarur

Sherzod Shermatov: Endi barcha tarmoqlar kursdagi farq tufayli tariflar asossiz tarzda oshib ketishi oldini olish uchun choralar korishi zarur


Ozbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Facebookdagi sahifasida barchani kunning asosiy yangiligi bilan tabrikladi. U Prezidentning Valyuta siyosatini erkinlashtirish boyicha dastlabki choralar togrisidagi farmonini songgi vaqtlardagi eng muhim hujjatlardan biri deb atadi.

Endi barcha tarmoqlar kursdagi farq tufayli tariflar asossiz tarzda oshib ketishi oldini olish uchun choralar korishi zarur. Mana, masalan, Toshkent shahridagi Inha universitetida oqish Markaziy bank kursi boyicha 5000 dollar. Hozirgi kurs boyicha 1 AQSh dollari 4210 somga teng. Somda bu 21 million boladi. Sarosima va tushunmovchiliklar bolmasligi uchun ushbu semestrda kurs ozgarishidan qati nazar somdagi aynan shu qiymatni belgilab qoyish kerak. Universitet xarajatlari kopayishi tushunarli holat (chunki chet ellik oqituvchilar dollarda maosh oladi), ammo biz birinchi navbatda abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun sharoitlar yaratishimiz kerak, deb yozdi vazir.

Sherzod Shermatov xuddi shu tamoyilni barcha operatorlar va provayderlar ham qollashi kerakligini qoshimcha qildi. Buni hali yana alohida muhokama qilamiz, deya qayd etdi u.

Daryo yangiliklarini Odnoklassnikida kuzatib boring

: admin (4-09-2017, 10:27)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 1) ( 2)
:
-
:
20 ... -