» » Grenlandiyada 500 million yil avval yashagan hayvonning toshga aylangan miyasi topildi

Grenlandiyada 500 million yil avval yashagan hayvonning toshga aylangan miyasi topildi


Buyuk Britaniya, Daniya va Janubiy koreyalik olimlar guruhi Grenlandiya shimolidan qadimgi dengiz bo‘g‘imoyoqlisi Kerygmachela kierkegaardi’ning toshga aylangan qoldiqlarini topdi. Bu haqda Nature Communications jurnali xabar berdi, deb yozadi “TASS”.

Toshlarda Yerda yarim milliard yil avval yashagan hayvon miyasining qoldiqlari saqlanib qolgan.

Bu tadqiqotchilarga umurtqasizlarning asab tizimi evolyutsiyasi haqida yangi gepotezani ilgari surish imkonini beradi.

Yakob Vinter va Txeyon Pak boshchiligidagi olimlar guruhi umurtqali va umurtqasiz hayvonlarning umumiy ajdodi miyasi uch qismli tarkibga ega bo‘lmagan degan xulosaga keladi.

Daniyalik faylasuf Syoren Kyerkegor sharafiga nomlangan Kerygmachela kierkegaardi’ning miyasi bitta bo‘limdan iborat. Olimlar bu umurtqalilar va umurtqasizlarning uch bo‘limli miyasi evolyutsiya jarayonida bir-biridan mustaqil ravishda rivojlanganligidan guvohlik berishini taxmin qilmoqda.

Uzunligi 20 santimetrga yetuvchi dengiz yirtqichi Kerygmachela kierkegaardi tashqi ko‘rinishi bilan eshakqurtni eslatgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2018, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют