» » Namanganda soliqdan 300 mln so‘m qarzdorligi bo‘lgan g‘isht zavodi xatlovga olindi

Namanganda soliqdan 300 mln so‘m qarzdorligi bo‘lgan g‘isht zavodi xatlovga olindi


Namangan viloyat Davlat soliq boshqarmasi Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi vakillari bilan hamkorlikda muddatida to‘lanmagan soliqlarni undirish yuzasidan tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Bu haqda Namangan Today xabar berdi.

Mingbuloq tumanida o‘tkazilgan navbatdagi reyd tadbirda Jomashuy shaharchasida joylashgan g‘isht zavodining soliqdan bo‘lgan qarzi 302 million so‘mga yetganligi qayd etildi. Bu to‘g‘rida mulk egalari tegishli tartibda rasman ogohlantirilishiga qaramay, qarzdorlik bartaraf etilmagan. 

Shu bois amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq Majburiy ijro byurosi tomonidan g‘isht zavodi xatlovga olindi.

Endi mazkur bino va inshootlar sotuvga qo‘yilib, undan tushgan mablag‘ budjetga yo‘naltiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2018, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют