» » “Axborot 24” ijodkorlari o‘quvchilardan “Dars qilayotgandek ko‘rininglar” deb iltimos qildi. Bir o‘quvchi juda berilib ketdi (video)

“Axborot 24” ijodkorlari o‘quvchilardan “Dars qilayotgandek ko‘rininglar” deb iltimos qildi. Bir o‘quvchi juda berilib ketdi (video)


“O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” informatsion dasturida mamlakat maktablaridan biridan tayyorlangan reportaj efirga uzatildi. Hammasi har doimgidek, risoladagidek reportaj — namunali maktab, bilimdon o‘quvchilar, belgilangan vazifalar kerak bo‘lsa ortig‘i bilan bajarilmoqda, yurt kelajagi ishonchli qo‘llarda.

Reportaj jonli va ishonchli chiqishi uchun a’lochi o‘quvchilardan biri intervyu berayotganida fondagi sinfdoshlar dars qilayotgandek ko‘ringani ma’qul, deb hisoblashadi. Bu safar ham, aftidan, shunday bo‘lgan. Faqat, “Dars qilayotgandek ko‘rininglar” degan iltimosga labbay deb javob bergan o‘quvchilardan biri o‘zining lahzalik vazifasini bajarishga keragidan ortiq berilib ketgan.

Oqibatda u daftar qolib, havoga yozishni boshlagan.

Lekin hechqisi yo‘q — hatto Jeyms Bondda ham bundan battar hijolatli holatlar bo‘lgan. Shunchaki, kimlardir aktyorlikni, aniqrog‘i — soxtalikni eplay olmaydi. Buning yomon joyi yo‘q, deb o‘ylaymiz. Video qahramoniga aylangan o‘quvchiga esa o‘qishda faqat besh baholar va eng bilimdonlarga atalgan faxriy yorliqlarni tilaymiz!

Mavzuga doir: Jonli efirda xatolar bo‘lib turadi. “O‘zbekiston 24” — yaqqol misol



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2018, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют