» » Milliy xavfsizlik xizmati Davlat xavfsizlik xizmatiga aylantirildi

Milliy xavfsizlik xizmati Davlat xavfsizlik xizmatiga aylantirildi


O‘zbekiston Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi davlat xavfsizligi tizimini yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali orqali ma’lum qilindi.

Qarorda aytilishicha, MXX mamlakat xavfsizligini ta’minlashda alohida ahamiyatga kasb etadi. Shu bilan birga, ushbu tuzilmaning faoliyati biror hujjat bilan tartibga solinmagani uning turli sohalarga asossiz ravishda aralashishiga zamin yaratar edi.

Qarorga muvofiq, Milliy xavfsizlik xizmati Davlat xavfsizlik xizmati deb qayta tuziladi. Davlat xavfsizlik xizmati Milliy xavfsizlik xizmatining vorisi deb tan olinadi.

Xizmat faoliyati uning vakolatlarini qat’iy belgilab beruvchi qonunchilik bazasini yaratish, ichki va tashqi tahdidlarga qarshi turishning zamonaviy uslublarini joriy etish, yangicha asosda ishlaydigan tashkiliy tuzilmani yaratish, tashkilot saflariga qobiliyatli va vatanparvar yoshlarni jalb qilishni nazarda tutadigan kadrlar tanlash tizimini yaratish, harbiy xizmatchilar ijtimoiy himoyasi va turmush tarzini yaxshilash singarilar negiziga quriladi.

Tashkilot faoliyatining asosiy yo‘nalishlari sifatida davlat xavfsizligini ta’minlash, konstitutsion tuzumni va davlat chegaralarini himoya qilish, ichki va tashqi tahdidlarni aniqlash va bartaraf etish, razvedka va kontrrazvedka faoliyatini amalga oshirish, davlat tashkilotlaridagi korrupsiya holatlarini bartaraf etish, davlat terrorchilik, ekstremizm, narkotik va psixotrop moddalar savdosiga qarshi kurash, etnik va boshqa turdagi nizolarni keltirib chiqarishga qaratilgan destruktiv faoliyatning oldini olish va boshqalar belgilandi.

Sobiq Milliy xavfsizlik xizmatining ayrim vakolatlari Ichki ishlar vazirligiga, shuningdek, Mudofaa vazirligiga o‘tkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2018, 20:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 50) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют