» » Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ito Nobuaki Umid Ahmadjonov bilan uchrashdi

Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ito Nobuaki Umid Ahmadjonov bilan uchrashdi


Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ito Nobuaki bugun Milliy olimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda MOQ axborot xizmati.

Qayd etilishicha, elchini MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov hamda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakram Isroilovlar kutib olgan.

MOQ rahbari ikki davlat o‘rtasidagi sport aloqalarni yangi darajaga ko‘tarish, Yaponiya Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan ham hamkorlik ishlarini o‘rnatish istagida ekanligini ta’kidlab o‘tgan. O‘zbekiston Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikni jadal suratlarda davom ettirmoqda. Umid Ahmadjonov o‘zbek sportchilari kunchiqar yurtda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazishlari, mahalliy iqlim va sharoitga moslashishlari uchun u yerdagi xalqaro turnirlarda ishtirok etishlari foydadan holi bo‘lmasligini, Yaponiya sportidan ko‘p narsa o‘rgansa bo‘lishini aytib o‘tgan.

Shoakrom Isroilov esa Yaponiyada va O‘zbekiston davlat Jismoniy tarbiya universitetlari o‘rtasida memorandum imzolanganligi, yaqin aloqalar yo‘lga qo‘yilganligini qayd etib o‘tdi hamda yaponiyalik mutaxassislarni O‘zbekistonga olib kelishda elchidan amaliy yordam ko‘rsatishini so‘ragani aytiladi xabarda.

Shuningdek, MOQ rahbari uchrashuv davomida Yaponiya dzyudo vatani ekanligi, Tokiodagi jahonga mashhur “Kodokan” dzyudo markazi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklifini o‘rtaga tashlagan.

Ta’kidlanishicha, sport kurashlari va dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoalari Olimpiadaga Yaponiyada tayyorgarlik ko‘radi.

Elchi Ito Nobuaki MOQqa amalga oshirgan tashrifi davomida qo‘mitaning muzeyi, tashkilot hududida joylashgan Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazini ham kuzatgan.

Uchrashuv so‘nggida Umid Ahmadjonov va Shoakram Isroilovlar elchiga mehmonga esdalik sovg‘alarini topshirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2018, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 115) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют