» » Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax Umid Ahmadjonov taklifiga ko‘ra Toshkentga keladi

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax Umid Ahmadjonov taklifiga ko‘ra Toshkentga keladi


Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax MOQ prezidenti Umid Ahmadjonovning taklifiga ko‘ra, poytaxt Toshkentga tashrif buyuradi.

Qishki Olimpiadaning ochilish marosimida ishtirok etish uchun Pxyonchxanda bo‘lib turgan Ahmadjonov XOQ prezidenti bilan ko‘rishdi, deb yozdi MOQ matbuot xizmati. Uchrashuv davomida tomonlar yangi bosqichga ko‘tarilayotgan O‘zbekistondagi olimpiya harakatini rivojlantirish masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashish borasida kelishib olgan.

Tomas Baxning Toshkentga tashrifidan ko‘zlangan asosiy maqsad — MOQ va XOQ o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishdan iborat bo‘ladi. Bungacha Bax 2015-yil O‘zbekistonga kelgan bo‘lib, mamlakat sporti haqida dastlabki tasavvurlarga ega bo‘lgandi.

Biroq o‘tgan ikki yil davomida O‘zbekiston sportida katta o‘zgarishlar boshlandi. Xususan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat sportni tubdan isloh qilish masalasini kun tartibiga qo‘ydi. Orada O‘zbekiston futbol federatsiyasi va Milliy olimpiya qo‘mitasida rahbariyat almashdi.

Umid Ahmadjonov MOQ prezidenti etib saylangach, Tomas Bax birinchilardan bo‘lib tabrik maktubi yo‘llagandi. Endi martabali mehmonda yangi bosqichga chiqayotgan O‘zbekiston sporti borasidagi tasavvurlarni yanada boyitish uchun amaliy imkoniyat bo‘ladi.

MOQ faoliyati ham O‘FA singari zamonaviy talablar asosida tashkil etilishi qayd etilgan. Ayni vaqtda futbol mutaxassislari, hakamlari va murabbiylari Ispaniya, Angliya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Qatar kabi rivojlangan mamlakatlarda ish tajribasini o‘rganayotgan bo‘lsa, kelgusida qolgan sport turlari mutaxassislarining faoliyatiga ko‘maklashish maqsadida, ular ham ish o‘rganish uchun rivojlangan xorij mamlakatlariga yuboriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2018, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют