» » Karib dengizida noyob kitlar dron yordamida tasvirga olindi (video)

Karib dengizida noyob kitlar dron yordamida tasvirga olindi (video)


Karib dengizida, Dominika respublikasidan taxminan 5 kilometr narida dengizning 600 metrdan 1500 metrgacha bo‘lgan chuqurligi mavjud. Bu yerda kashalotlarni uchratish mumkin bo‘lib, ularni suratga olishni istagan Patrik Daykster ancha yirik, biroq sirli kitsimon jonzotga duch keldi, deb xabar beradi National Geographic.

Uning tanasi urchuqsimon bo‘lib, rangi — to‘q kulrang, qorin qismi esa yorqinroq. Orqa tomoni, dumiga yaqin qismida unchalik katta bo‘lmagan suzgichlari bor. Dumi va quyrug‘i orasida kashalotlardan farqli o‘laroq bo‘sh joy mavjud emas.

Avvaliga Patrikning jamoasi delfinni tasvirga olayotganiga ishongan. Video va suratlar mutaxassislar tomonidan qayta ko‘rib chiqilganida ular mazkur jonzot noyob dengiz sutemizuvchilari — Mesoplodon’lar oilasiga mansub ekanligini aniqlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2018, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют