» » AKT vazirligida Misrning Orascom Telecom Holding delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

AKT vazirligida Misrning Orascom Telecom Holding delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Misrning Orascom Telecom Holding kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Najib Saviris boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi UzDaily.

Orascom Telecom Holding delegatsiyasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyati, mamlakatdagi IT-sohaning rivojlanishi, yaqin kelajakdagi rejalari bilan tanishdi.

Najib Saviris telekommunikatsiya sohasiga sarmoya kiritishga qiziqish bildirdi.

Tomonlar Orascom Telecom Holding bilan birgalikda IT sohasida investitsiya loyihalarini, xususan, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini yaratish masalalarini ko‘rib chiqdi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, tomonlar o‘zaro manfaatli sarmoyaviy hamkorlikni o‘rnatish uchun birgalikda ishlashni davom ettirishga kelishib oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2018, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют