» » YeChL. Chorak finalning barcha ishtirokchilari ma’lum. Futbol-TV ertaga qur’a marosimini translyatsiya qiladi

YeChL. Chorak finalning barcha ishtirokchilari ma’lum. Futbol-TV ertaga qur’a marosimini translyatsiya qiladi


Kecha Chempionlar ligasining 1/8 finali o‘z nihoyasiga yetdi. “Bavariya” va “Barselona” o‘z raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmagan holda 1/4 final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Shu tariqa kuchli sakkizlikka kirgan barcha jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi.

Leo Messi Chempionlar ligasidagi 100-golini urgan o‘yinda “Barselona” “Chelsi”ni tor-mor etdi

Yevropaning quyidagi jamoalari 1/4 finalida ishtirok etadi:

1/4 finalda Ispaniyadan 3 ta, Angliya va Italiyadan 2 tadan, shuningdek, Germaniyadan 1 ta jamoa ishtirok etadi.

“Bavariya” “Beshiktosh”ni safarda ham mag‘lub etdi. Umumiy hisob 8:1 nemislar foydasiga

Chorak final qur’asi ertaga, 16-mart kuni soat 16:00 da bo‘lib o‘tadi. Bunda jamoalar savatchalarga ajratilmaydi. Shuningdek, bu bosqichda qur’aga ko‘ra, bir mamlakat klublari o‘zaro to‘qnash kelishi mumkin. Ya’ni “Barselona” va “Real”ning ushbu bosqichda o‘zaro uchrashib qolishiga hech qanday to‘siq yo‘q.

Chorak finalning dastlabki o‘yinlari 3—4-aprel, javob bahslari esa 10—11-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

Futbol-TV qur’a marosimini jonli translyatsiya qilishni rejalashtirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют