» » O‘zbekiston va Rossiya mutasaddilari qishloq xo‘jaligi, mashinasozligi sohasida hamkorlikni mustahkamlash masalalarini ko‘rib chiqdi

O‘zbekiston va Rossiya mutasaddilari qishloq xo‘jaligi, mashinasozligi sohasida hamkorlikni mustahkamlash masalalarini ko‘rib chiqdi


Bosh vazir o‘rinbosari – “O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Nodir Otajonov Rossiya sanoat va savdo vazirligi qishloq xo‘jaligi mashinasozligi departamenti direktori Yevgeniy Korchevoyni qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi. 

Uchrashuv davomida tomonlar qishloq xo‘jaligi texnikasi, oziq-ovqat va qayta ishlash sanoati uchun jihozlar, shuningdek, qurilish-yo‘l va kommunal texnikani yetkazish masalalarini muhokama qildi. Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi va “Rostselmash” zavodi o‘rtasida hamkorlikda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi. 

Tomonlar mazkur qo‘shma loyihaning amalga oshirilishi O‘zbekistonga xo‘jaliklar texnik bazasini modernizatsiya qilish, “Rostselmash” zavodiga esa nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyoda ham o‘z ishtirokini kengaytirish imkonini berishini ta’kidladi. 

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tkazgan yig‘ilishda qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish, servis xizmatini yaxshilash, importni optimallashtirish, eksportni kengaytirish bo‘yicha kamchiliklar mavjudligi, qishloq xo‘jaligi texnikasining ma’lum qismi eskirgani, ularni o‘z vaqtida yangilash choralari ko‘rilmagani qattiq tanqid qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2018, 15:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют