» » Karmanada og‘ufurushlik bilan shug‘ullangan er-xotin jinoiy javobgarlikka tortildi  

Karmanada og‘ufurushlik bilan shug‘ullangan er-xotin jinoiy javobgarlikka tortildi  


Navoiy viloyatining Karmana tumanida yashovchi Sh.Ro‘ziboyeva va uning shar’iy turmush o‘rtog‘i X.Salimaliyev (ism-shariflar o‘zgartirilgan) giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangani uchun jinoiy javobgarlikka tortildi, deb xabar beradi O‘zA.

Qayd etilishicha, er-xotin muqaddam aynan shu jinoyatni sodir etgani uchun sudlangan va ozodlikdan mahrum etilgan.

“X.Salimaliyev dala hovlisida marixuana giyohvandlik moddasini yetishtiradi. U tayyor bo‘lganda umr yo‘ldoshi bilan ‘dori’ni pullashni rejalashtiradi hamda o’z xonadoniga olib keladi.

Bundan xabar topgan qo‘ni-qo‘shnilar jinoyatning oldini olish maqsadida tegishli idoralarga xabar berdi va navbatdagi ‘operatsiya’ga chek qo‘yildi. Og‘ufurushlar daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi”, — deyiladi xabarda.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudining navbatdagi ochiq majlisida ushbu ish yuzasidan yana uch nafar aybdorga nisbatan hukm chiqarishga to‘g‘ri keldi. Tergov jarayonida U.Imomov, Z.Muhamedshin va K.Karomov ham og‘ufurushlar bilan hamkorlik qilgani aniqlandi. Ular marixuanani “mijoz”larga yetkazishda vositachilik qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют