» » Qashqadaryoda giyohvandlik moddasi savdosi bilan shug‘ullangan fermer xo‘jaligi rahbari ozodlikdan mahrum etildi

Qashqadaryoda giyohvandlik moddasi savdosi bilan shug‘ullangan fermer xo‘jaligi rahbari ozodlikdan mahrum etildi


Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari hamkorligida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida qariyb 3,5 kilogramm giyohvandlik moddalari noqonuniy aylanishiga chek qo‘yildi, deb xabar beradi Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.

Chiroqchi tumanining Qo‘shariq mahallasida istiqomat qiluvchi Muhsin Esonov hamda Do‘stqobil Mardonov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) O‘zbekistonda giyohvandlik vositalari yetishtirish, tayyorlash bilan g‘ayriqonuniy shug‘ullanish qat’iyan taqiqlanganini bilishsa-da, xonadonlari hovlisida giyohvandlik o‘simliklarini parvarishlab, yetilgan “og‘u”ni kelgusida sotib, mo‘may daromadga ega bo‘lish maqsadida xufiyona tarzda saqlab kelgan.

Viloyat bojxona boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida avvaliga Do‘stqobil Mardonov Qarshi shahridagi “Bilayn” uyali aloqa kompaniyasi binosi orqasida Nexia rusumli avtomashina old o‘ng o‘rindig‘i ostiga yashirin tarzda joylashtirgan og‘irligi 12,6 gramm bo‘lgan marixuana giyohvandlik moddasini sotish maqsadida turgani aniqlandi. Uning yashash xonadoni o‘rganilganda esa, oshxonadan og‘irligi 807,9 gramm bo‘lgan marixuana giyohvandlik moddasi topildi.

Surishtiruv davomida Do‘stqobil Mardonov muqaddam giyohvandlik moddalarining bir qismini qishloqdoshi Muhsin Esonovdan olganligi ma’lum bo‘ldi.

Tadbir davomida Muhsin Esonovning ham jinoiy qilmishiga chek qo‘yildi. Uning ham xonadoni ko‘zdan kechirilganda, molxonaning orqa tomonidagi ekin maydonida bir necha tup giyohvandlik o‘simligini parvarishlab kelayotganligi hamda hovlisidagi tandirxona va oshxonaning turli joylarida xufyona tarzda og‘irligi 357,6 gramm bo‘lgan giyohvandlik moddalarini noqonuniy saqlab kelgani aniqlandi.

Bundan tashqari, Muhsin Esonov jinoiy sherigi Do‘stqobil Mardonovga muqaddam o‘zi yetishtirgan og‘uning 15 grammini 80 ming so‘mga, so‘ngra 20 grammini 100 ming so‘mga sotgani ham bojxona surishtiruvi jarayonida ma’lum bo‘ldi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudining hukmi bilan fuqarolar D.Mardonov hamda M.Esonovlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan aybli deb topildi va ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, qonunbuzarlik aniqlanishiga qadar Muhsin Esonov tumandagi fermer xo‘jaliklaridan birining rahbari lavozimida ishlab kelgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (28-09-2017, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют