» » Qozog‘istonda O‘zbekiston yili ochildi

Qozog‘istonda O‘zbekiston yili ochildi


Ostonaning Astana Opera teatrida O‘zbekiston yilining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston delegatsiyasi rahbarlari ishtirok etdi.

Prezident Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonda O‘zbekiston yilining ochilishi munosabati bilan Shavkat Mirziyoyevni va butun O‘zbekiston xalqini tabrikladi.

Qozog‘istonda O‘zbekiston yili dasturi doirasida ko‘plab madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi. Olmaota shahrida O‘zbek adabiyoti kunlari o‘tkaziladi. O‘zbek Milliy akademik drama teatri ijodkorlari Chimkent shahriga safar qiladi. Ostona shahrida O‘zbek ayollar milliy liboslari va xalq amaliy san’ati ko‘rgazmasi hamda kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

O‘zbekiston folklor jamoalarining Turkiston shahriga, Respublika yosh tomoshabinlar teatri jamoasining Olmaota shahriga ijodiy safari ko‘zda tutilgan. Taroz, Chimkent, Qizilo‘rda, Turkiston shaharlarida o‘zbek kinosi kunlari, badiiy jamoalar va estrada ijodkorlari ishtirokidagi “Osh festivali” rejalashtirilgan.

Ostona shahrida “O‘zbekiston yili”ning yopilish marosimiga bag‘ishlangan tantanali konsert dasturida ikki xalq san’at ustalari va ijrochi yoshlar qatnashadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2018, 20:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют