» » Microsoft Word’ni suratlardan o‘rganayotgan afrikalik o‘quvchilarga kompyuterlar jo‘natildi

Microsoft Word’ni suratlardan o‘rganayotgan afrikalik o‘quvchilarga kompyuterlar jo‘natildi


2018-yilning fevral oyida Facebook’da ganalik informatika o‘qituvchisi Richard Akotoning suratlari tarqaldi. O‘qituvchi dars beradigan kichik qishloqdagi maktab o‘quvchilarida kompyuter bo‘lmagani uchun Richard har darsdan oldin Microsoft Word kabi dasturlarning suratlarini yozuv taxtasiga chizgan, deb yozmoqda TJournal.

Quartz nashri bilan suhbatda o‘qituvchi kompyuter sinfining to‘laqonli ishi uchun maktabga 50 ta qurilma kerakligini aytgan. Bir oydan so‘ng o‘qituvchi dastlabkli xayriyani qabul qildi.

Afrikaning NIIT kompyuter maktabi mazkur qishloq maktabiga beshta kompyuter, aksessuarlar va informatika darsligini sovg‘a qildi. Akotoga ham shaxsiy noutbuk berildi.

Bundan bir necha kun avval Buyuk Britaniyadagi Lids universiteti xodimi o‘quvchilarga yana bitta noutbuk yubordi. 13 yoshli o‘quvchining aytishicha, u shu vaqtgacha kompyuterlarni faqat suratlarda va yaqin atrofdagi shaharga borish chog‘ida chiqindixonada ko‘rgan.

Microsoft kompaniyasi 1-mart kuni Akotoga kompyuter sovg‘a qilishni va o‘quv dasturlaridan foydalanish imkoniyatini yaratishni va’da qilgan. Qurilma Microsoft’ning Singapurda bo‘lib o‘tadigan konferensiyasida afrikalik o‘qituvchiga topshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 05:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют