» » O‘zbekiston TIV Toshkent konferensiyasiga Qatar ham taklif qilinganini rasman tasdiqladi

O‘zbekiston TIV Toshkent konferensiyasiga Qatar ham taklif qilinganini rasman tasdiqladi


O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning “Rossiya Segodnya” axborot agentligi savoliga javob berdi. Javob vazirlik rasmiy saytiga joylandi.

Savol: Yaqinda Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajada bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiyada qatnashish uchun Qatarga taklifnoma jo‘natilgani haqida xabar paydo bo‘ldi. Qatarda “Tolibon” harakati vakolatxonasi joylashganini hisobga olib, uning vakillarining Toshkent forumida qatnashish ehtimoli haqidagi masalaga to‘xtalib o‘tmaysizmi?

Javob: TIV rasman tasdiqlaydiki, taklifnoma afg‘on muammosi bo‘yicha ko‘plab tashabbuslar, xususan, Xalqaro aloqa guruhi, “Kobul jarayoni” va boshqalarning faol ishtirokchisi bo‘lgan hamda “Tolibon” ishtirokida tinchlik jarayonini tashkillashtirishda muhim rol o‘ynashi mumkin bo‘lgan davlat — Qatarning tashqi ishlar vazirligiga yo‘naltirildi.

Shu munosabat bilan ta’kidlashni istardikki, Qatarni taklif qilish tashabbusi O‘zbekiston bilan birga xalqaro konferensiya o‘tkazilishini boshlab bergan Afg‘oniston tomonidan ilgari surilgan.

15-martga qadar yuqori darajadagi konferensiyaga taklif qilingan davlatlar va xalqaro tashkilotlarning deyarli barchasi o‘z ishtirokini tasdiqladi. Qatar vakillarining rasmiy javobi yaqin vaqtlar ichida kutilmoqda.

Bugungi kunda yakuniy Toshkent deklaratsiyasi loyihasi ustidagi birgalikdagi ishlar ekspert darajasida davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют