» » Amerikalik admiral Rossiyani AQShga zarba berishni mashq qilishda aybladi

Amerikalik admiral Rossiyani AQShga zarba berishni mashq qilishda aybladi


Rossiya harbiy o‘quv mashg‘ulotlari doirasida AQSh hududiga yadroviy zarba berilishini doimiy ravishda mashq qiladi. Bu haqda iste’fodagi amerikalik general Garri Xarris Senatdagi nutqi chog‘ida aytib o‘tdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

“Rossiya strategik yadroviy kuchlari modernizatsiya qilinmoqda va muntazam ravishda AQShning qit’a qismiga yadro zarbalari berilishiga taqlid qiluvchi mashqlarni o‘tkazadi”, — dedi admiral.

U Rossiyaning Tu-95 strategik bombardimonchilari samolyotlar ekipajlarini tayyorlash maqsadida AQSh va Kanada chegaralari yaqinidan uchib o‘tganligi haqida fikr bildirdi. Yerdagi bazalarga tayanadigan strategik kuchlar ham mashg‘ulotlar chog‘ida AQShga yadroviy zarba berishni va Shimoliy Amerika tomonga raketa uchirishni mashq qilishini aytdi.

Admiral, shuningdek, Rossiya ballistik raketalar bilan jihozlangan “Borey” suv osti kemalarini o‘z arsenaliga qo‘shgani yuzasidan xavotir bildirdi. Uning fikricha, harbiy texnikaning bunday turi Rossiyaning yadro zarbasi berish bo‘yicha salohiyatini ancha oshirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 12) ( 0) ( 11) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют