» » O‘zbekiston Bosh prokuraturasi AQSh Maxfiy xizmati bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi AQSh Maxfiy xizmati bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi


Amerika Qo‘shma Shtatlari Maxfiy xizmati O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti bilan transmilliy moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzoladi. Bu haqda O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

AQSh Maxfiy xizmati doimiy vakili Deniz Feydner va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i Akmalxo‘ja Mavlonov ushbu hujjatni 2018-yil 15-mart kuni Toshkentda imzoladi. O‘zaro anglashuv memorandumi moliyaviy tekshiruvlar haqida axborot almashuvi, valyutaga oid jinoyatlar bo‘yicha tajriba va texnik ishlanmalar almashuvi, shuningdek tomonlarni qiziqtirgan o‘zaro ishchi guruhlar va boshqa uchrashuvlar o‘tkazish tartibini ko‘zda tutadi.

“Valyutaga oid, moliyaviy jinoyatlar butun dunyoda tobora murakkab tus olayotgan tahdidga aylanmoqda. Bunday jinoyatlar yo‘liga kuchli to‘siq qo‘yish transmilliy jinoiy tashkilotlar bilan kurashishda asosiy usul sanaladi. Maxfiy xizmat xodimlari va huquq-tartibot idoralari dunyo bo‘ylab bir-birlariga yordam berishi juda muhim masala, shu sababli biz O‘zbekistonda Bosh prokuratura bilan yaqindan hamkorlik qilishni istaymiz”, — dedi Deniz Feydner xonim.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Toshkentdagi AQSh elchixonasi xavfsizlik bo‘yicha mintaqaviy idorasi ham ushbu memorandumni tuzishda o‘z hissasini qo‘shdi. “Bu memorandum O‘zbekistondagi AQSh elchixonasining asosiy maqsadlaridan biri bo‘lgan Qo‘shma Shtatlarning transmilliy jinoiy tashkilotlarga qarshi kurashish maqsadida xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish sohasidagi hamkorligini mustahkamlashga yordam beradi”, — dedi elchixona xavfsizlik bo‘yicha mintaqaviy idorasi vakili.

Valyutani qalbakilashtirishni aniqlash va uning oldini olishni asosiy maqsad qilgan AQSh Maxfiy xizmati tashkil etilganiga 150 yildan oshdi. Ayni paytda, AQSh Prezidenti va yuqori lavozimli rasmiylar xavfsizligini ta’minlashdan tashqari, Maxfiy xizmat AQSh valyutasini qalbakilashtirish, bank ishidagi firibgarlik, pochtadan va zamonaviy aloqa vositalaridan foydalanishdagi firibgarlik, noqonuniy moliyaviy operatsiyalar va ular bilan bog‘liq kiber-jinoyatchilik bo‘yicha moliyaviy tekshiruvlar olib boradi. Huquq-tartibot organlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish mamlakatlarga moliyaviy dastak mexanizmlarini tekshirish va  ta’qib etish orqali transmilliy jinoiy tashkilotlar hamda xavfsizlik tahdidlariga qarshi turishga imkon beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют