» » Eronda Apple qurilmalaridan foydalanuvchilar App Store dasturlar do‘koniga kira olmayapti

Eronda Apple qurilmalaridan foydalanuvchilar App Store dasturlar do‘koniga kira olmayapti


Eronlik iPhone foydalanuvchilari 15-mart kuni App Store mobil dasturlar do‘koni o‘zlari uchun yopiq ekanligini payqab qoldi. Do‘kondan biror nimani ko‘chirishga harakat qilinganida ekranda xatolik belgisi paydo bo‘lmoqda. Bu haqda eronlik foydalanuvchilarga asoslanib, TJournal xabar berdi.

Bleeping Computer nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, gap mamlakat foydalanuvchilarini IP-manzillar orqali bloklash haqida ketmoqda. Avvalroq ular sozlamalar orqali App Store mintaqasini o‘zgartirib, dasturni ko‘chirib olishlari mumkin edi, biroq Apple bunga chek qo‘ygan. Dasturni ko‘chirib olishga harakat qilinganida “Joylashgan mamlakatingiz yoki mintaqangizda App Store’dan foydalana olmaysiz” yozuvi chiqib qolmoqda.

Shunga qaramay Erondagi Apple qurilmalarining ishqibozlari VPN-servislar yordamida blokni chetlab o‘tmoqda. Ammo bu kabi holatda smartfondan to‘laqonli foydalanishning iloji yo‘q, chunki VPN orqali internet odatdagidan ancha sekin ishlaydi.

Bloklanishga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum, ammo The Verge nashrining yozishicha, bu AQSh Eronga nisbatan sanksiyalarini kuchaytirgani natijasida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. Apple bu borada savollarga javob bermadi.

Sanksiyalar sababli Amerika kompaniyasi Eron hududida smartfonlarini sotmaydi va u yerda ofislari ham mavjud emas. Shunday bo‘lsa-da mamlakatga noqonuniy ravishda millionlab iOS qurilamalari olib kiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 79) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют