» » O‘zbekistonda Uzbekistan Connect ijtimoiy video loyihasi ishga tushirildi

O‘zbekistonda Uzbekistan Connect ijtimoiy video loyihasi ishga tushirildi


O‘zbekiston aholisi uchun katta miqyosdagi Uzbekistan Connect ijtimoiy video-loyiha ishga tushirildi. Ushbu video-loyihada barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkin.

Maqsad — birlashgan holda butun O‘zbekiston aholisi hayotining bir parchasini ko‘rsatish. Bir necha hafta davomida xohlovchilar o‘z videolarini jo‘natishi mumkin. Bundan so‘ng eng yaxshi videolar tanlab olinib, umumiy bir rolikka birlashtiriladi.

“Hayotingizni istalgan yorqin parchasini ko‘rsating. Masalan, sevimli ishga borayotganingizni, futbol o‘ynayotganingizni, atrofdagilarga yordam berayotganingizni yoki kulayotganingizni. Bo‘lishmoqchi bo‘lgan xohlagan narsani suratga olishingiz mumkin. O‘zligingizni yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqmang va chin his-tuyg‘ularingizni ko‘rsating”, — deyiladi loyiha tashkilotchilari murojaatida.

Loyihani amalga oshirish maqsadida yagona UzbekistanConnected.uz (http://uzbekistanconnected.uz) sayti ishga tushirilgan. Yuborilgan barcha roliklar ushbu saytda jamlanadi va har bir ishtirokchi istalgan vaqtda ularni tomosha qilishi mumkin.

“Mutaxassislar bilan birgalikda barcha shaharlardan kelgan eng yaxshi roliklar tanlanib, umumiy bitta rolik hosil qilinadi. Bu siz uchun millionlab odamlar tomosha qiladigan keng qo‘lamli tarixiy video-loyihaning ishtirokchisi bo‘lishga katta imkoniyatdir.

Roliklar maxsus Telegram-bot orqali qabul qilinadi. Videoga bo‘lgan asosiy talab, u gorizontal holatda suratga olingan bo‘lishi kerak. Loyiha minglab o‘zbekistonliklarni o‘z hayoti haqida gapirib berishi va mashhur bo‘lishiga jalb qilmoqda. Siz va do‘stlaringizda keng qo‘lamli loyihaning bir qismi bo‘lish uchun haqiqiy imkoniyat bor”, — deyiladi xabarda .

Rasmiy sayt: http://uzbekistanconnected.uz

Videoni jo'natish uchun telegram-bot: https://telegram.me/UzbekistanConnectedBot



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют