» » Rasman: Dostonbek Hamdamov “Anji” o‘yinchisiga aylandi va klub bilan 1,5 yillik shartnomaga imzo chekdi

Rasman: Dostonbek Hamdamov “Anji” o‘yinchisiga aylandi va klub bilan 1,5 yillik shartnomaga imzo chekdi


Biroz avval O‘zbekiston terma jamoasi va “Bunyodkor” klubi yarim himoyachisi Dostonbek Hamdamovning “Anji” klubining Rossiya chempionatida o‘ynaydigan futbolchilar ro‘yxatidan o‘rin olganligi haqida xabar berilgan edi.

Futbolchining Rossiya klubi safiga o‘tganligi rasman tasdiqlandi. Hamdamov “Anji” bilan 1,5 yillik shartnoma tuzdi, deb xabar bermoqda “Anji” klubi rasmiy sayti.

Hamdamov 2015-yil Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgandi. Bir yil oldin esa “Bunyodkor” safida O‘zbekiston Superkubogini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan. “Bunyodkor” safida Hamdamov 2014-yildan buyon 82 ta o‘yin o‘tkazib 33 ta gol urishga erishgan.

Futbolchi O‘zbekiston o‘smirlar, yoshlar va milliy terma jamoalari tarkibida o‘ynagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют