» » Osiyo chempioni bo‘lgach, Doston Hamdamov 9 yil o‘ynagani “Bunyodkor”dan qochib ketdi. U hozir Turkiyada

Osiyo chempioni bo‘lgach, Doston Hamdamov 9 yil o‘ynagani “Bunyodkor”dan qochib ketdi. U hozir Turkiyada


“Bunyodkor” futbolchisi Doston Hamdamov klub rahbariyatining ruxsatini olmay turib, Rossiyaning “Anji” klubiga ketib qoldi. Bu haqda “Championat.asia” nashri ma’lumot berdi.

“Anji” ayni vaqtda Turkiyada yig‘in o‘tkazmoqda. Hamdamov “Bunyodkor”ning Amirliklarda bo‘lib o‘tgan yig‘inidan qaytib kelgach, hech kimga aytmay, Turkiyaga ketgan. Bundan na klub rahbari Murod Aliyevning va na bosh murabbiy Mirjalol Qosimovning xabari bo‘lgan.

Doston Hamdamov bungacha O‘zbekiston U23 terma jamoasi safida Xitoyga borib, Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgandi. Natijada u mamlakat rahbaridan Malibu, shuningdek, “Paxtakor” rahbariyatidan pul mukofoti oldi. Uning “Bunyodkor” bilan amaldagi shartnomasi 2018-yil so‘ngida yakuniga yetishi kerak edi. Ammo ko‘rinishidan yarim himoyachi “qaldirg‘ochlar” uchun ortiq o‘ynashni istamagan.

“Bunyodkor” amaldagi shartnomadan kelib chiqib, Hamdamovni transferga qo‘ygandi. Unga Toshkentning boshqa bir klubi “Paxtakor” xaridor bo‘lgan. Futbol agentlari esa unga Rossiya klubi variantini taklif qilgan. Hamdamovda barchasi joyida bo‘lsa, “Bunyodkor”ga pulni “Anji” to‘lab berishi kerak bo‘ladi. Avvalroq mazkur klubni o‘zbekistonlik Vadim Afonin tark etgandi.

Doston Hamdamov “Bunyodkor” futbol akademiyasiga 13 yoshida kelgan. U 9 yil davomida shu klubda kamol topdi va milliy terma jamoaga qadar bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Bungacha Eldor Shomurodov Rossiyaning “Rostov” klubiga yo‘l olgan bo‘lib, uning orqasidan “Bunyodkor” pul ishlab olgandi. Keyinroq Otabek Shukurov Amirlik klubiga yo‘l olgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2018, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют