» » “Bunyodkor” o‘zining sobiq futbolchisi Otabek Shukurov to‘p surayotgan klub darvozasiga 3 ta gol urdi

“Bunyodkor” o‘zining sobiq futbolchisi Otabek Shukurov to‘p surayotgan klub darvozasiga 3 ta gol urdi


Amirlik yig‘inida ishtirok etayotgan Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi “Sharja”ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi va 3:1 hisobida zafar quchdi.

“Sharja” klubi Amirlik chempionatida 7-o‘rinni egallab turibdi. U 2017-yilning so‘ngida “Bunyodkor” vakili Otabek Shukurovni o‘z safiga qo‘shib olgandi. Garchi mazkur klubda o‘yin amaliyoti yetarli bo‘lsa-da, bellashuv Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi “Bunyodkor”ning ishonchli g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.

Hisob yirik ko‘rinish olishi ham mumkin edi. Arab jamoasi 84-daqiqadagi penalti sabab bundan qutilib qoldi. “Bunyodkor” safidan esa gollarga Doston Hamdamov, Murod Toshmatov hamda Shohrux Gadoyev mualliflik qildi. Klub saytining yozishicha, Gadoyev 24 metrlar chamasi uzoqlikdan gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Otabek Shukurov esa sharjaliklar safida to‘liq o‘ynagan.

O‘rtoqlik o‘yini

Sharja, BAA

16-fevral, juma

Gollar: Doston Xamdamov, 6-pen (0:1). Murod Toshmatov, 29 (0:2). Shohrux Gadoyev, 76 (0:3). Yusuf Said, 84-pen (1:3).

“Bunyodkor” bunga qadar Xitoyning 2 ta klubiga qarshi o‘ynab ulgurgandi. “Chunchin Lifan” bilan o‘yin 0:0 hisobida yakuniga yetgan bo‘lsa, “Shandun Lunen” postiga javobsiz 4 ta gol urilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2018, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют