» » Toshkentdagi bekatlarning egasi bormi?

Toshkentdagi bekatlarning egasi bormi?


So‘ngi paytda Toshkent shahrining markaziy ko‘chalarida ajabtovur oynavand bekatlar paydo bo‘ldi. Bu haqda O‘zA hikoya qilmoqda.

Yo‘lovchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan: yumshoq o‘rindiqlar, isitish va sovutish moslamalari, shu yo‘nalishda qatnaydigan transport vositalarining elektron ro‘yxati, WiFi tarmog‘i, telefon aparatlariga quvvat beruvchi moslamalar mavjud bunday bekatlar afsuski, ko‘p emas.

Masalan, Izza mavzesi va Toshkent markaziy univermagi yo‘nalishida qatnaydigan 13-avtobus yo‘nalishidagi ko‘plab bekatlarda yo‘lovchilar uchun umuman qulaylik yo‘q. Hatto ayrim joylarda bekatning o‘zi ham yo‘q. Bekatlarning tozaligi haqida gapirmasa ham bo‘ladi.

Toshkent ko‘chalarida zamonaviy, barcha qulayliklarga ega oynavand bekatlar ham borligini aytdik. Biroq masalaning boshqa tomoni ham bor: bunday bekatlar do‘kon bilan qo‘shib qurilgan. O‘z-o‘zidan ma’lumki, do‘kondor kelib do‘konini ochmagunda bekatga kirolmaysiz.

—Avtobuslar to‘xtaydigan joylardagi bekatlarning talabga javob bermasligi nafaqat yo‘lovchi, balki haydovchilarga ham noqulayliklar keltirib chiqaradi, — deydi ism-sharifini bildirmagan 13-avtobus haydovchisi. — Bekatlar yo‘qligi haydovchini chalg‘itadi. To‘xtash lozim bo‘lgan joylar ba’zan turli mashinalar bilan band bo‘ladi. Bu esa ayrim hollarda yo‘l- transport hodisalari, to‘qnashuvlarni keltirib chiqarmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют