» » Farg‘onalik fuqaroning uyidan 100 mingdan ortiq noqonuniy disk saqlanayotgani aniqlandi

Farg‘onalik fuqaroning uyidan 100 mingdan ortiq noqonuniy disk saqlanayotgani aniqlandi


Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda Marg‘ilon shahar Zarafshon ko‘chasida yashovchi fuqaro F.Isaxanovning uyi tovar moddiy boyliklarni saqlash uchun omborga aylantirilganligini aniqladi, deb xabar beradi O‘zA.

Xususan, fuqaroning uyidan umumiy qiymati 531 million 110 ming so‘mlik 21 turdagi 101 ming 250 dona DVD-R disklar, 5 ming dona Panasonic DVC videokasseta, 413 dona uyali telefon apparatlari hamda 18 ming dona disk soladigan selofan paketlar topilgan.

“Kelgusida turli film va konsertlarni noqonuniy usulda ko‘paytirish imkonini beruvchi ushbu disklar hamda uyali telefon apparatlarining mamlakatga qonuniy olib kirilganligini tasdiqlovchi bironta ham hujjat yo‘q.

Hozirda ushbu holat yuzasidan belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, bojxona tekshiruvlari va surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют