» » Fransiya AQSh bilan birgalikda Suriyada kimyoviy qurol omborlariga zarbalar berishi mumkin

Fransiya AQSh bilan birgalikda Suriyada kimyoviy qurol omborlariga zarbalar berishi mumkin


Fransiya kimyoviy qurollar qo‘llanilganligi o‘z isbotini topsa, AQSh bilan birgalikda Suriyada kimyoviy qurollar omborlariga zarbalar berish bo‘yicha operatsiya o‘tkazishi mumkin. Bu haqda 16-mart, juma kuni Fransiya qurolli kuchlari bosh shtabi rahbari general Fransua Lekuentr ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Bunday zarbalar AQSh bilan birgalikda amalga oshirilishi ravshan. U Fransiyaning muhim strategik hamkoridir. Suriyadagi vaziyat va Suriya hukumatining kimyoviy qurol qo‘llashning qizil chizig‘idan o‘tishi qanday tahdidlarni keltirib chiqarishi masalasida bir xil qarashlarga egamiz”, — dedi general.

Shu bilan bir vaqtda general bu kabi operatsiya xarakteri va tayyorgarlik jarayoni yoki unga jalb etiladigan bo‘linmalar haqida biror-bir ma’lumotlar keltirib o‘tishdan bosh tortdi. “Bu kabi operatsiyani rejalashtirish masalasidagi biror-bir tafsilotlarni mamlakat qurolli kuchlarining bosh qo‘mondoni bo‘lgan Fransiya prezidenti ma’lum qilishi mumkin”, — deya qo‘shimcha qildi general.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют