» » Antverpenda sodir bo‘lgan ikkita portlash oqibatida 14 ta avtomobil yakson bo‘ldi

Antverpenda sodir bo‘lgan ikkita portlash oqibatida 14 ta avtomobil yakson bo‘ldi


15-martdan 16-martga o‘tar kechasi Belgiyaning Antverpen shahrida ikkita portlash sodir bo‘ldi, jarohat olganlar yo‘q. Bu haqda, RTBF telekanaliga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida 14 ta yengil mashina yakson bo‘lgan hamda ikkita turar joy binosining tashqi ko‘rinishiga zarar yetgan. Noxush hodisa Antverpenning Dern kommunasida sodir bo‘lgan. Politsiya mazkur portlashni giyohvand moddalar jinoyatchiligiga oid deb hisoblamoqda.

Shuningdek, 15-mart kuni mamlakat janubida ham shunga o‘xshash yana bir holat qayd etilgan. Tianj atom elektrostansiyasi yaqinidagi avtoturargohda qasddan uyushtirilgan yong‘in oqibatida yigirmaga yaqin avtomobil yonib ketgan. O‘tgan hafta boshidan buyon bu kabi jinoyatlar mamlakatning turli hudularida bir necha bor sodir bo‘lgan.

Huquq-tartibot organlari bu kabi bir qator mashinalar va uylarning yoqib yuborilishi giyohvand moddalar bozoriga aloqador mahalliy jinoyatchilar to‘dasi o‘rtasida sodir bo‘layotgan urushning oqibati deya hisoblamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют